Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

Tokio Olimpiadasi sovrindori uchun Parij-2024 omadsiz yakunlandi

Tokio Olimpiadasi sovrindori uchun Parij-2024 omadsiz yakunlandi

Baho:
+ | -

Efiopiyalik yengil atletikachi va Tokio Olimpiadasi kumush medali sovrindori Lamexa Girma Parij Olimpiadasida 3000 metrga to‘siqlar osha yugurish finalida yiqilib tushdi va marraga yeta olmadi. Bu haqda L'Équipe xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, efiopiyalik sportchi yetakchilar guruhidan joy olgan, biroq marraga 200 metr qolganda eng oxirgi to‘siqdan yiqilgan.

Ma’lum qilinishicha, sportchini yengil atletika trassasidan zambilda olib chiqishgan. Yuguruvchi hushidan ketib qoldi.

Qayd etilishicha, sportchi “Stad de Frans” tez tibbiy yordam punktiga yetkazilgan va u yerda sportchi o‘ziga kelgan.

Efiopiyalik yuguruvchi Girma 23 yoshda. Sportchi Tokio Olimpiadasining kumush medali sovrindori. Girma uch marta jahon chempionatlarida ikkinchi bo‘ldi. U 3000 metrga to‘siqlar osha yugurish bo‘yicha jahon rekordini qo‘lga kiritgandi – 7:52,11.

Kiritildi: 22:48, 08.08.2024.
O'qildi: 1425 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.