"Manchester Siti" himoyachisi Yoshko Gvardiol jamoadoshi Mateo Kovachich haqida gapirdi.
"Uning fazilatlarini hamma biladi. "Barselona"ga qarshi o‘yinda uning o‘yinini ko‘rdingiz. U to‘p bilan juda kuchli. Undan to‘pni tortib olish juda qiyin", - deya Gvardiol so‘zlarini keltirmoqda City Xtra.
30 yoshli Kovachich 2023 yilning yozidan buyon "Manchester Siti"da to‘p surmoqda. U "Siti" libosida 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.