Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Vitaliy Levchenko: «Bugun ishtiyoqimiz baland edi»

Vitaliy Levchenko: «Bugun ishtiyoqimiz baland edi»

Baho:
+ | -

Superligada 15-tur o‘yinlari davom ettirildi. «Neftchi» jamoasi bu tur o‘z maydonida «Dinamo»ni qabul qildi va 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Birinchi navbatda yigitlarga bugungi ishtiyoq uchun minnatdorchilik bildiraman. Ilk daqiqalardanoq 10 kishi bo‘lib qolish ikki hissa og‘ir. Aslida 3 tadan ko‘proq gol urishimiz mumkin edi, biroq natijadan qoniqdim.

— "Nasaf" bilan bo‘lgani kabi bu safar ham bir kishi kam bo‘lib harakat qildinglar. O‘zbek futboli Levchenkoni shunga o‘rgatib bormoqdami?

— Har doim teng tarkib bilan o‘ynashni istaysan, ammo ayrim vaziyatlarda qarorni biz qabul qilmaymiz. Yigitlar taktik bexato o‘yin korsatdi va raqibga bizdan ko‘proq gol urish imkonini bermadi. Sabr qilib qarshi hujumlarda vaziyat yaratishdi. Bugun g‘alaba uchun ishtiyoq baland edi va yigitlar buni uddaladi.

— Jasur Jaloliddinovni BAA klubiga ketishi mumkinligi haqida fikringiz?
— Bu savolga rahbariyat javob berishi to‘g‘ri bo‘ladi. Biz ayrim futbolchilar ketishi mumkinligini bilgan xolda seleksiya ishlarini amalga oshirdik.

— Legionerlardan istagan natijani oldingizmi? Yangi kelganlar haqida fikringiz qanday?
— Afsuski legionerlar bizning iqlimda o‘zini yomon his qilmoqda. Natijada, mahalliy futbolchilar ichida ko‘rinmay qolishdi. O‘ylashimcha, istalgan legioner O‘zbekistonda o‘ynab keta olmaydi. Havo isib ketgach, legionerlarimiz o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. Hozir, aynan shu omildan kelib chiqib yangi futbolchilarni jalb etdik.

— «Neftchi» yana sovrinli o‘rinlar uchun kurashadimi?
— Imkoniyat har doim bor. Bizni vazifamiz maydonga chiqib jang qilish. Yakunda, o‘tirib kim qancha ochko jamg‘arganini ko‘rish mumkin. Biz turnir jadvaliga emas, yigitlarimizga e’tibor qaratamiz.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 02:31, 11.08.2024.
O'qildi: 899 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.