Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Shaskix nima uchun «Nasaf»ni mag‘lub eta olmayapti? Maksim javob berdi

Shaskix nima uchun «Nasaf»ni mag‘lub eta olmayapti? Maksim javob berdi

Baho:
+ | -

Superligada 15-tur bahslari davom ettirildi. Turning markaziy uchrashuvi esa Qarshida kechdi. Unda «Nasaf» «Paxtakor»dan minimal hisobda ustun keldi. Bellashuvdan so‘ng "sherlar" bosh murabbiyi Maksim Shaskix matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Biz bugun yaratgan imkoniyatlardan foydalanganimizda hisob boshqacha bo‘lar edi. Har safar yigitlarga agar o‘zimizga o‘zimiz muammo tug‘dirmasak, chempionatda bizni yutadigan jamoa yo‘q ekanini aytib kelaman.

— «Paxtakor»da yaxshi o‘yin yo‘lga qo‘yilgan, ammo yakunda nimadir yetishmayapti?! Seleksiya ishlaridan ko‘ngilingiz to‘ldimi?

— Albatta ko‘nglim to‘ldi. Qayerda nima yetishmayapti bizga? Yangi kelganlar kirishib ketishga harakat qilmoqda. Afsuski, hammasi uchun vaqt kerak.

— 4 ta durang va ikkita mag‘lubiyat. «Nasaf» bilan o‘yinlarda hali g‘alaba qozonmadingiz. Bu nima bilan bog‘liq?

— Bu futbol. Asosiysi, dekabr oyidagi yakuniy maqsadga kim yetishi. Istalgan jamoaga yengilish, istalganini yengish mumkin. Masofa hali uzoq, o‘yinlar ko‘p.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 02:34, 11.08.2024.
O'qildi: 3280 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик