Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Abraxam "Milan"dan bo‘layotgan qiziqish haqida gapirdi

Abraxam "Milan"dan bo‘layotgan qiziqish haqida gapirdi

Baho:
+ | -

"Roma" hujumchisi Temmi Abraxam "Milan"ning unga qiziqish bildirayotgani haqidagi ma’lumotga izoh berdi.

O‘tgan mavsumni jarohat tufayli o‘tkazib yuborgan angliyalik futbolchi uchun asosiy da’vogar "rossonerilar" hisoblanardi.

"Milan" haqidagi mish-mishlar yoqimli, chunki ular menda hammasi yaxshi ekanligidan dalolat beradi. Lekin men bor e’tiborimni "Roma"ga qaratganman, jarohatdan keyin birinchi mavsumoldi mashg‘ulotimni o‘tkazyapman.

Agar Fikayo Tomori meni "Milan"ga chaqirsa, qanday munosabatda bo‘laman? Biz yaxshi do‘stmiz, tez-tez muloqot qilamiz, lekin, takror aytaman, hozir mening barcha fikrlarim faqat "Roma"da", - deya Abraxamning so‘zlarini keltiradi jurnalist Alfredo Pedulla.

Kiritildi: 12:04, 11.08.2024.
O'qildi: 670 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик