11 avgust kuni yangi mavsum startiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan «Atletiko Madrid» (Ispaniya) hamda «Yuventus» (Italiya) klublari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv Madrid klubining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
48-daqiqada portugaliyalik hujumchi Joau Feliks «Atletiko» safida raqib darvozasini ishg‘ol qildi. 85-daqiqada argentinalik hujumchi Anxel Korrea penaltini aniq amalga oshirib, ispaniyaliklar ustunligini mustahkamladi.