Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Ilyos Zeytullayev: "Bugungi g‘alabaning qiymati yuqori"

Ilyos Zeytullayev: "Bugungi g‘alabaning qiymati yuqori"

Baho:
+ | -

Superligada 15-tur o‘yinlari davom ettirildi. "Bunyodkor" klubi bu tur o‘z maydonida "Andijon"ni qabul qildi va 2:0 hisobida zafar quchdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa murabbiyi Ilyos Zeytullayev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Bugungi g‘alabani juda uzoq kutgan edik. Kimnidir alohida e’tirof etish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Rahbariyatga doim oldimizda bo‘lgani uchun tashakkur aytaman. Jamoamni ruhan va sifatli futbol ko‘rsatgani uchun tashakkur bildiraman. Bu hammamizning g‘alabamiz.

"Bunyodkor" bugun standart va uzun paslarga suyanib o‘ynadi. Bu sizning uslubingizga aylanadimi?

Bugun g‘alaba qozonishimiz shart edi. Bunday uslub menda yo‘q. Qanday vaziyatda ekanimizni bilishimiz kerak. Bugun, zo‘r o‘yin ko‘rsatdik. Bu bizning strategik qarorimiz edi. Aynan shu omilda ular kuchli edi. Yigitlar tezkor, vertikal futbol namoyish etdi. "Andijon" – juda kuchli jamoa. Shu bois, bu g‘alaba biz uchun qadrli.

"Bunyodkor"ning ikkinchi davra uchun tayyorgarlik qanday bo‘ldi?

Ajoyib o‘tdi hammasi. Yigitlar mehnat qilishdi. Ular jismonan ancha tetiklashdi. Jamoa a’zolarimiz haqidagi mish-mishlarga ularning o‘zidan intervyu olganda so‘raysiz.

"Andijon"ga qarshi qanday taktik ko‘rsatmalar asosida futbol o‘ynashga harakat qildinglar?

"Andijon" jismonan baquvvat va uyushqoq futbol namoyish etadi. Biz aytarli hech narsani o‘zgartirganimiz yo‘q. Ko‘p joyda ikkinchi qavatda yaxshiroq harakat qildik. Qo‘shimchasiga, bugun zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan futbolchilar yordam berdi. Temurxo‘ja ham ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Biz orqaga emas, vertikal futbol o‘ynadik. Yigitlar o‘yinni o‘qiy olishdi.

Birinchi bo‘limdan so‘ng 0:0 edi tabloda. Ikkinchi taymda o‘yinga qanday o‘zgarishlar kiritdingiz?

Birinchi taymni yaxshi o‘tkazdik. Biroz o‘zgarishlar qildik. "Andijon" juda ayyor jamoa. Masalan, markazda e’tiborsizlik sababli to‘pni yo‘qotayotgan edik. Bizni himoyachilarimiz to‘pni egallab olib raqibni imkoniyatlarini kamaytirdi. Bugun bizda juda ko‘p golli imkoniyat bo‘ldik.

Mahmud Mahammadjonovning "Paxtakor"ga o‘tib ketishini qanday tushunish mumkin? Legionerlarni nima evaziga tanladingiz?

Barchasi juda oson. Mahmud o‘zi ketmoqchi ekanligini aytdi. Men uni olib qolmoqchi edim. U muhim o‘yinchi. Futbolchini o‘zi bu qarorni tanlagan edi. Uni qo‘yib yubordik va omad tilayman. Bilasizmi, bizni klubiizda seleksiya ishlarini bajaradigan insonlar bor. Aynan ular bu ish bilan shug‘ullanishadi. Rahbariyat yaxshi futbolchilar bilan shartnoma imzoladi deb hisoblayman.

Kiritildi: 08:00, 12.08.2024.
O'qildi: 708 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.