Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing
17/09 15:00 Adelaida Yun. 3-0 Tay Po
17/09 15:00 Lion Siti Seylors 1-1 Pathum Yunayted
17/09 15:00 Matida Zelviya 2-0 Svay Rieng
17/09 17:15 Shanghai Shenhua 2-1 Tampines Rovers
17/09 17:15 Kitchi 0-0 Kangvon
17/09 17:15 Pnompen Kraun 2-1 Kuching Siti
17/09 18:00 Navbahor 3-2 Dinamo
17/09 22:00 Betis 1-0 Xetafe
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa - Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol - Elche
19/09 00:00 Brentford - Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona

Aleksandr Xomyakov: "Jamoamni maydonda tanimadim"

Aleksandr Xomyakov: "Jamoamni maydonda tanimadim"

Baho:
+ | -

Superligada 15-tur o‘yinlari davom ettirildi. "Andijon" klubi bu tur safarda "Bunyodkor"ga qarshi bahs olib bordi va 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Hammasini ko‘rdingiz. Bugun, bizda hech narsa o‘xshamadi. O‘ylaymanki, raqib haqli ravishda g‘alaba qozondi. Bu bilan ularni tabriklayman.

Bugun qanot yarim himoyachilari ko‘ngildagidek o‘yin ko‘rsatmagandek tuyuldi?!

Haqiqatdan ham, bugun ularni men maydonda ko‘rmadim. Bilmadim bu nima bilan bog‘liq. Kubok o‘yinida katta kuch yo‘qotishdi deb o‘ylamayman. To‘g‘risi, bugun hech kimni alohida ko‘rsatmagan bo‘lar edim. Markaziy himoyachilarimiz raqib hujumchilariga ikkinchi qavatda yutqazdi. Asabiylashishdi. Bu jamoaga ta’sir ko‘rsatdi. Standartdan birinchi va ikkinchi to‘pni o‘tkazib yubordik. Bugun futbol namoyish eta olmadik. Yakkakurashlarda yutqazdik. Muammo shunda.

"Andijon" doim oxirgacha jang qiladi. Nega "Qizilqum" ustidan qozonilg‘an g‘alaba jamoaga ijobiy ta’sir ko‘rsatmadi?

To‘g‘risi, bugun jamoamni men o‘zim tanimadim. Qandaydir ortiqcha o‘z kuchiga ishonch ko‘rindi. Doim kuchli tomonlarimiz borligi sababli munosib ko‘rsatdik. Balki, bo‘shashdik, yoki mensimadik raqibni. O‘yini ko‘rib chiqib, tahlil qilamiz.

Ikkinchi taym uchun tanaffusda qanday ko‘rsatma berdingiz?

Mana shunisi juda alamli. Biz birinchi taymda gol o‘tkazib yuborishga yaqin kelmagan edik. Ko‘proq agressiv harakatlarga e’tibor qaratmoqchi edik. Ikkinchi bo‘lim boshida o‘tkazib yuborgan golimiz ta’sir qildi. Shoshilmasdan, qarshi hujumga o‘tishni reja qilgan edik. Bugun, meni jamoa xayron qoldirdi. O‘tirib, hammasini ko‘rib chiqishimiz kerak.

Bugun zaxiradan qo‘shilganlar qanchalik o‘yinga ta’sir qildi? Ikkinchi davrada kelgan futbolchilar haqida fikringiz qanday?

Ko‘rdingiz, bugun jamoani kuchaytirishga harakat qildik, ammo o‘xshamadi. Emosional xolatda hisobni qisqartirishga harakat qildik. Biroz aktivlik qo‘shib, agressiyani oshirgan xolda oldinda harakat qilish kerak edi. Afsuski, raqib chuqur himoyalangani uchun buni uddalashni imkoni bo‘lmadi.

Farhod Bekmurodov haqida fikringiz bormi?

Bugun markaziy zonaga boshqa futbolchilarni sinab ko‘rishni istadik. Biz vaziyatdan kelib chiqib, ularni o‘yinga qo‘shamiz. Ortiqcha hech narsa yo‘q. Kim kuchli bo‘lsa, aynan u maydonda harakat qiladi.

Kiritildi: 08:03, 12.08.2024.
O'qildi: 558 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик