"Barselona" Bilbaoning "Atletik" klubi hujumchisi Nikolas Uilyamsni sotib olishdan bosh tortdi, o‘z navbatida futbolchining o‘zi ham Bilbao klubida qolishni afzal ko‘rishini rasman ma’lum qildi.
Insayder Fabrisio Romanining tarqatgan xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" Uilyamsga muqobil variant sifatida Luis Dias ("Liverpul"), Rafael Leau ("Milan") va Kingsli Koman ("Bavariya") variantini ko‘rib chiqmoqda.