Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Mirjalol Qosimov: "Navbahor"ga qarshi bahslar doim shiddatli o‘tadi"

Mirjalol Qosimov: "Navbahor"ga qarshi bahslar doim shiddatli o‘tadi"

Baho:
+ | -

Superligada 15-tur yakunlandi. Mavsumni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazayotgan OKMK klubi bu tur o‘z maydonida "Navbahor"ni qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Har doim "Navbahor" bilan shidatli o‘tadi o‘yinlarimiz. Qaysi stadionda bo‘lishiga qaramay, doim keskinlik bo‘ladi. Natijadan qoniqdim, o‘yindan emas. Bugun yigitlar men kutgandek o‘yin ko‘rsatgani yo‘q. Ko‘plab shogirdlarimning yo‘qligi sezildi. Eng muhimi, bugun natijani qo‘lga kiritdik. Bahs esdan chiqadi. Ko‘p ishlashimiz kerak.

Birinchi bo‘limda jamoa juda ko‘p to‘p yo‘qotdi. Xatolar g‘alabada ham ko‘zga tashlanmoqda?

Uchrashuv davomida "Navbahor" 3 ta markaziy himoyachi bilan chiqqani bizga ta’sir qildi. Juda ko‘p xolda oddiy vaziyatlarda to‘pni yo‘qotdik. To‘pni nazorat qilmadik. Bu bizga xos bo‘lmagan futbol. "Navbahor" kuchli ijrochilarga ega. Bu ham bosim qildi. Tinimsiz to‘p uchun kurashaverish katta kuch sarflashga sabab bo‘ldi.

"Navbahor"ning birinchi va ikkinchi davrada o‘zgarishlar sezdingizmi?

O‘yindan o‘yinga o‘zgarish bo‘ladi. Jamoa qanday tonusda bo‘lishiga bog‘liq. Tarkibning 90 foizi o‘sha-o‘sha edi. Sxemaning o‘zgargani bizga muammo tug‘dirdi. O‘zimiz ham juda ko‘p to‘p yo‘qotganimiz asabiylashishizga sabab bo‘ldi. Birinchi bo‘limda Akromning xato qilgani so‘zimga isbot bo‘ladi.

"Navbahor"ga o‘zgacha tayyorgarlikka qo‘shimcha ham qilganmidingiz?

Raqib jamoaning emas, o‘zimizni o‘yinimiz meni qiziqtiradi. Shogirdlarimga o‘zlaringiz yaxshi o‘ynasalaring, hech qanday muammo bo‘lmaydi deb aytaman. E’tiborni ko‘proq o‘zimizning futbolchilarga qaratamiz. Asosiysi, g‘alaba ruhi. Yengilmagan jamoa bo‘lmaydi. Bugun, "Paxtakor", "Andijon", "Nasaf" va "So‘g‘diyona"ga qarshi o‘yinlarda qo‘lni siltab yubormay, oxirigacha jang qildik.

OKMK chempionlikka hech qayerda da’vo qilmagan bo‘lsa ham, sekin-asta maqsadiga yaqinlashmoqda?!

Qaysi jamoada ishlagan bo‘lsam ham, doim muxlislar uchun to‘p surganmiz. Pul bor yoki yo‘qligidan qat’iy nazar. Ochkoni kuzda sanaymiz degan gap bor. Vaqt ko‘rsatadi.

OKMK Superligani ko‘plab klublardan farqli o‘laroq yaxshi legioner tanlay oladi. Bu bilan shaxsan o‘zingiz shug‘ullanasizmi?

O‘yinchilarni murabbiylar shtabi bilan birgalikda ko‘rib chiqamiz. Qaysidir pozisiyani kuchaytirmoqchi ekanligimizni aytamiz. Tanlovni doim birga qilamiz. Hozir, bu katta ma’suliyatli ishga aylangan. Futbolchilar bir-ikki mashg‘ulot o‘tkazib, o‘rtoqlik o‘yinlaridan so‘ng kontrakt imzolashga rozi bo‘lmasligi urfga aylangan. Masalan, Haqnazarini tarkibga qo‘shib olganimizda u 6 oy futbol o‘ynamagan futbolchi edi. Qolgani yaratganga tavakkal.

Kiritildi: 02:06, 13.08.2024.
O'qildi: 896 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.