Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Fevzi Davletov: "Surxon" uchun hamma uchrashuv muhim"

Fevzi Davletov: "Surxon" uchun hamma uchrashuv muhim"

Baho:
+ | -

Superliga 15-turida "Surxon" jamoasi o‘z maydonida "Qizilqum" klubini qabul qildi va minimal hisobda g‘alaba qozondi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Navbatdagi muhim bahs va muhim g‘alabaga erishdik. Shu bois, turnir jadvalida yuqoriga ko‘tarildik. Ajoyib o‘tgan birinchi bo‘limda hujum chizig‘idagi yakunning yo‘qligi ko‘zga tashlandi. Tanaffusdan keyin biroz birinchi va ikkinchi zonaga o‘tishda xatolarga yo‘l qo‘ydik. Yaxshiyamki, gol urib oldik. Vaholanki, birinchi bo‘limni o‘zida bu ishni uddalashimiz kerak edi. Muxlislarimiz va yigitlarga minnatdorchilik bildirmoqchiman.

Farruh Ikromovni nega almashtirdingiz?

Hozircha hech narsa aniq emas. Ertaga ma’lum bo‘ladi.

"Qizilqum"ning birinchi va ikkinchi davradagi o‘yini o‘rtasida farq qanday?

Albatta farq bor. Biz birinchi bo‘limda o‘yinni boshqardik, ammo ikkinchi bo‘limda Qizilqum agressiya va bosim qo‘shdi. Biz ko‘p xato qildik. Raqib bugun g‘alaba qozonishni juda istagan edi. Har bir jamoa har bir o‘yinda 6 ochko uchun maydonga tushmoqda.

Jamoangiz kubokda yarim finalga chiqdi. E’tibor kubok yoki ligaga ko‘proq qaratilgan?

Biz uchun har bir o‘yin muhim. Oson bo‘ladigan o‘yinlar qolmadi.

Jamoaga o‘z taktikangizni singdira oldim deb olasizmi?

Ikkinchi bo‘limda ayrim epizodlarda xa, ammo birinchi bo‘limda to‘liq deb ayta olaman. Afsuski, ikkinchi bo‘lim startidagi 15 daqiqa haqida yigitlarni ogohlantirgan edik. Oldinda, bizni "Andijon" bilan juda muhim bahs kutmoqda. Vodiyga safar ancha kuchni oladi.

Termizdan kelgan muxlislar fikringiz qanday?

O‘ylashimcha, biz Termizga yaqinlashyapmiz. Toshkentdan uzoqlashdik. Ular har bir o‘yinda bizni qo‘llab-quvvatlashmoqda. Ularning qo‘llab-quvvatlashi futbolchilarimizni ruhlantirdi.

Kiritildi: 02:13, 13.08.2024.
O'qildi: 814 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.