Robert Levandovski va Ilkay Gyundogan "Monako"ga qarshi o‘yinda jarohat olishgan.
Joan Gamper kubogi bahsida "Barselona" 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Polshalik forvard birinchi bo‘limda qo‘lini shikastlab oldi. U o‘yinni davom ettira oldi, ammo ikkinchi bo‘limda almashtirilganidan so‘ng u yoqimsiz hislarni boshdan kechirayotganini ko‘rsatdi.
Nemis yarim himoyachisi tanaffusdan so‘ng maydonga tushdi va 64-daqiqada to‘p uchun kurashayotganda maydonga yiqildi va raqib tizzasi uning boshiga tegib ketdi. Gyundogan jarohat oldi va yordamga muhtoj edi. Tibbiyot xodimlari hatto nosilka ham olib chiqishdi. Oxir-oqibat yarim himoyachi almashtirildi.
"Barselona"ning birinchi rasmiy o‘yini 17 avgust kuni - La Liga doirasida "Valensiya"ga qarshi bo‘lib o‘tadi.