"Napoli"ning "Frozinone"dan Marko Breshianini sotib olish bo‘yicha kelishuvi amalga oshmay qoldi.
Neapolliklar 24 yoshli yarim himoyachini 11 million yevroga majburiy sotib olish sharti bilan 1 million yevroga ijaraga olishga rozi bo‘ldi. Breshianini yangi jamoasi bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tdi, ammo kelishuv amalga oshmadi.
Taxminlarga ko‘ra, bu Yens-Lyus Kayustening "Napoli"dan "Brentford"ga ijarasi bo‘yicha muvaffaqiyatsiz muzokaralar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Insayder Fabrisio Romanoning fikricha, yarim himoyachiga qiziqayotgan “Atalanta” vaziyatdan unumli foydalanishi mumkin.