Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/02 18:45 Nasaf 1-1 Ash-Shorta
09/02 18:45 Al-Vahda 0-0 Al-Ahli (SA)
09/02 21:00 Duhayl 1-1 Sharja
09/02 21:00 Shabab al-Ahli 0-0 Al-Hilol
10/02 21:00 Traktor - As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod - Al-G‘arafa

Runi futbolchilarga katta talab qo‘ydi

Runi futbolchilarga katta talab qo‘ydi

Baho:
+ | -

Ueyn Runi "Sheffild Uensdey"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng "Plimut" futbolchilarini tanqid qildi.

"Manchester Yunayted"ning sobiq forvardi boshchiligidagi jamoa chempionshipning birinchi turida yirik mag‘lubiyatga uchradi (0:4).

"O‘yindan so‘ng ularga aytdimki, agar biror o‘yinchidan yana shunday o‘yin ko‘rsam, xoh u uzoq vaqtdan beri klubda bo‘lgan futbolchi bo‘ladimi, xoh yangi o‘yinchi bo‘ladimi, u o‘ynamaydi.

Mening fikrimcha, siz futbol o‘yinlarida yutqazishingiz mumkin, bu sodir bo‘ladi, lekin siz asosiy narsalarni qilishingiz kerak: yugurish, to‘pni yutish, buning uchun kurashish, lekin bu sodir bo‘lmadi.

Futbolchilar bilishadi, ular har bir o‘yinda bor kuchlarini berishlari kerakligini tushunishadi.

Bu mavsumning birinchi o‘yini va albatta hafsalamiz pir bo‘ldi. Lekin vahima qilishning hojati yo‘q, deb o‘ylayman, men mavsumoldi davrida qilgan ishimizni ko‘rdim va bu menga ishonch bag‘ishlaydi", dedi Runi.

Kiritildi: 22:39, 13.08.2024.
O'qildi: 717 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.