Dekabr oyida Angliya Premyer-ligasining bir o‘yinida yuragi huruj qilib qolgan "Luton" sardori Tom Lokyer jamoa bazasida mashg‘ulotlarni boshladi.
Futbolchi London va Amsterdamdagi yetakchi maslahatchilar nazorati ostida bo‘lib, u yerda ixtisoslashtirilgan klinikada reabilitasiyaning so‘nggi bosqichini yakunladi. Yaqin orada himoyachi individual dastur bo‘yicha ishlaydi.
"Luton" va Uels terma jamoasi himoyachisi Lokyer 2023-yil 16-dekabrda "Bornmut"ga qarshi o‘yinda kasal bo‘lib qoldi.
Uni zambilda maydondan olib ketishdi, futbolchi keyinroq o‘ziga keldi.