«Manchester Yunayted» yetakchilaridan biri Brunu Fernandesh mankunliklar bilan shartnomasini uzaytirdi. Portugaliyalikning yangi shartnomasi uch yilga mo‘ljallangan bo‘lib, unda yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati mavjud.
Fernandes 29 yoshda, u Lissabonning «Sporting» klubidan to‘rt yarim yil oldin «MYU»ga o‘tgan. Manchesterdagi faoliyati davomida u ikkita kubokni qo‘lga kiritdi: Liga kubogi va o‘tgan mavsumda Angliya kubogi. Yarim himoyachining o‘zi «Boavishta» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.