Lamin Yamalning otasi pichoqbozlikdan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda xabar qoldirdi.
Avvalroq, Mataro shahridagi avtoturargohda «Barselona» vingerining otasi Munir Nasrauiga uch marta pichoq urilgani ma’lum bo‘lgandi. Erkakning ahvoli hozir barqaror; hujumchilarning uch nafari hibsga olingan.
Nasraui birinchi marta salomatligi haqida gapirdi.
«Hammaga rahmat, hozir o‘zimni yaxshi his qilyapman. Sizlarni qattiq quchoqlab qolaman», — deb yozdi Yamalning otasi "Instagram"da.