Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Ivan Boshkovich: «Rejamiz — barcha raqiblarni mag‘lub etish»

Ivan Boshkovich: «Rejamiz — barcha raqiblarni mag‘lub etish»

Baho:
+ | -

Superliga 16-turidan o‘rin olgan «Olimpik» — «So‘g‘diyona» (0:1) uchrashuvidan so‘ng jizzaxliklar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Bugun oson o‘yin bo‘lmasligini kutgandim. Birinchi bo‘limda bitta gol urib olishimiz kerak edi. Yaratgan vaziyatlarimizni golga aylantira olmadik. Vaziyatlarni yakunlovchi futbolchi yetishmadi. Bugun hujumchisi sifatida o‘ynagan futbolchimiz Superligada debyut qildi. U bugun yaxshi taassurotlar qoldirdi. O‘yin so‘ngida esa raqibga to‘pni berib qo‘ydik, raqib bizni jazolashi mumkin edi. So‘nggi 10-15 daqiqa juda asabiy o‘tdi. Keyingi uchrashuvlarda bunday vaziyatlarga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. Darvozabonimiz raqibning so‘nggi jarima zarbasini juda kerakli pallada bartaraf etdi. Har doim ham yirik hisobda g‘alaba qozonish shart emas. Har xil vaziyatlar uchrab turadi, masalan bugun 1:0 hisobidagi g‘alaba yetarli bo‘ldi.

— Bugun ikki jamoa ham tengma-teng o‘yin namoyish etdi. «So‘g‘diyona» bugun g‘alabani saqlab qola olganiga nima sabab bo‘ldi deb o‘ylaysiz?

— Bugungi o‘yinni to‘liq tahlil qilib chiqish kerak. «Olimpik» juda yosh jamoa bo‘lishiga qaramay, ular to‘pni nazorat qilishga harakat qildilar. Biz 75 daqiqa o‘yinni nazorat qildik. Raqibimizga tajriba yetishmayapti. Asosiy sabab tajriba deb o‘ylayman. So‘nggi 15 daqiqada esa raqibimiz hujumga o‘ta boshladi va xavfli vaziyatlarga ega bo‘ldi. Qo‘shimcha daqiqalarda darvozamiz oldida yaratilgan vaziyatlar juda xavfli bo‘ldi. Bizning chempionatimizda 90 daqiqa o‘yinni nazorat qilishning iloji yo‘q. Kim raqib bo‘lishidan qat’iy nazar. Bizning tarkibda ham yosh futbolchilar bor, lekin hech bu jihatni hisobga olmaydi. Biz bugun g‘alaba loyiq edik.

— Jamoangizning muhim o‘yinchilari Lyupche Doriyev va Zoran Petrovichlar bugun asosiy tarkibdan joy olishmadi. Doriyev faqatgina ikkinchi bo‘limda o‘yinga qo‘shildi. Asosiy tarkib futbolchilari bugungi bahsni dastlabki daqiqalardan boshlamaganiga nima sabab bo‘ldi?

— Taqvim juda zich. Shu sababli, futbolchilarga dam berishga qaror qildik. Vladimir Yovovich keyingi to‘qnashuvda maydonga tushishi aniq emas. Bu muxlislarga biroz ma’qul kelmasligi mumkin, ammo bosh murabbiy sifatida men shu qarorga keldim. Oldindagi uchrashuvlar ham biz uchun juda muhim. Eng muhimi natija qayd etish. 6 avgustda kubok bahsi, 11 avgustda «Metallurg», bugun «Olimpik»ga qarshi o‘ynadik. Keyingi bahs esa bor yo‘g‘i besh kundan so‘ng. Futbolchilarim keyingi uchrashuvlarga qadar to‘liq tiklana olishiga umid qilaman.

— «So‘g‘diyona» bugun yana uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Jamoangiz musobaqa jadvalida uchinchi o‘rinni egallagan va chempionlik uchun kurashmoqda. «So‘g‘diyona» jamoasining chempionlik poygasidagi ishtiroki haqida gapirib o‘tsangiz. Shuningdek, jamoangizning keyingi uchrashuvlari turnir jadvalidagi qo‘shnilar «Neftchi» va «Paxtakor»ga qarshi kechadi. Bo‘lajak raqiblar haqida ham fikr bildirib o‘tsangiz?

— Maqsadimiz har bir keyingi uchrashuvdagi raqibni mag‘lub etish. Mening falsafam shunday. Qanday raqib bo‘lishidan qat’iy nazar. Biz oxirigacha kurashamiz. Bizda o‘zimizning reja bor. Rejamiz barcha raqiblarni mag‘lub etish. Chempionlik haqida gapirish uchun juda-juda erta. Hozir «Neftchi» haqida o‘ylashimiz kerak.

Manba: https://t.me/fcsogdianajizzak
Kiritildi: 06:04, 16.08.2024.
O'qildi: 652 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.