"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Valensiya"ga qarshi o‘yin oldidan jamoadagi kadrlar holati haqida gapirdi.
"Olmoning ro‘yxatdan o‘tishi? Ertaga ko‘ramiz. Har holda Olmo hali o‘ynashga tayyor emas, unga ko‘proq mashg‘ulotlar kerak. Pedri? Uni ko‘rganimdan xursand bo‘ldim. Balki ertaga ikkinchi bo‘limda maydonga tushishi mumkin. Umid qilamanki, biz uni maydonda ko‘ramiz. Yamal o‘ynashga tayyor. De Yong va Fati? Men optimistman. Ularning safga qaytishi uchun menda aniq sana yo‘q, ammo ularning tiklanishi to‘g‘ri yo‘nalishda ketmoqda" - dedi Flik jurnalistlarga.
"Valensiya" - "Barselona" uchrashuvi 17 avgust, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.