«Flamengo»ning o‘ng qanot himoyachisi Uesli «Atalanta»ga o‘tadi, deya xabar beradi insayder Fabrisio Romano.
Qayd etilishicha, italyan klubi 20 yoshli braziliyalik uchun 16 million yevro to‘laydi. «Flamengo» yana 4 millionni bonuslar shaklida olishi mumkin. Shartnoma besh yilga mo‘ljallangan.
Uesli 2021 yilning dekabr oyida «Flamengo» asosiy jamoasida debyut qilgan. O‘shandan beri u 83 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.