Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

Klopp sentyabr oyida murabbiylikka qaytadi!

Klopp sentyabr oyida murabbiylikka qaytadi!

Baho:
+ | -

Hammani hayratda qoldirib, "Liverpul"ni tark etganidan uch oy o‘tgach, Yurgen Klopp yana bosh murabbiy bo‘ladi, ammo alohida voqea uchun.

Nemis murabbiyi Dortmundning “Borussiya” klubining ikki afsonasi Lukash Pishchek va Yakub Blashchikovskining xayrlashuv uchrashuvida paydo bo‘ladi. Bu haqda “arilar” ijtimoiy tarmoqlardagi videoda e’lon qildi.

Suhbat avvalida polshalik futbolchilar o‘zlariga murabbiy kerakligini aytishadi. U murabbiy Klopp bo‘lib chiqadi.

Klopp qaysi jamoani boshqarishi unga ahamiyati yo‘qligini aytdi: "Menga farqi yo‘q. Men bu haqda umuman tashvishlanmayman. Oldin qilgan ishni qilaman: o‘yin boshlanishidan besh daqiqa oldin bu haqda o‘ylay boshlayman".

Pishchek va Blashchikovski o‘rtasidagi xayrlashuv uchrashuvi 7 sentyabr kuni Dortmunddagi "Signal Iduna Park" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Yurgen Klopp "Borussiya"ni yetti yil boshqargan. Bu vaqt ichida u klubni ketma-ket ikki marta Germaniya chempionligi, shuningdek, ikki marta Superkubok va bir marta Germaniya kubogi sohibiga aylantirdi.

Kiritildi: 14:47, 17.08.2024.
O'qildi: 8281 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик