"Barselona"ning 17 yoshli futbolchisi Lamin Yamal yana bir ajoyib o‘yin ko‘rsatdi.
Kataloniya grandi La Liganing yangi mavsumini “Valensiya” bilan mehmonda (2:1) irodali g‘alaba bilan boshladi va Yamal golli uzatmani amalga oshirdi.
"Lamin - ajoyib o‘yinchi va hamma uning futbol o‘ynashini yaxshi ko‘radi. Shuning uchun u juda muvaffaqiyatli. U bizning jamoada ekanligidan xursandman.
Bu hafta sodir bo‘lgan voqealarni hisobga olsak, bu uning uchun qiyin hissiy o‘yin bo‘ldi [o‘yindan bir necha kun oldin Yamalning otasi hujumga uchradi]. Men Lamin bilan faxrlanaman, u bizga g‘alaba qozonishimizga yordam berdi”, deb Flik so‘zlaridan iqtibos keltiradi ispan manbalari.













