Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Davletov: «Yigitlarga shijoatli futbol uchun minnatdorchilik bildiraman»

Davletov: «Yigitlarga shijoatli futbol uchun minnatdorchilik bildiraman»

Baho:
+ | -

"Surxon" bosh murabbiyi Fevzi Davletov Superliganing 16-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Andijon"ga qarshi o‘yin borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"Jangovor o‘yin bo‘ldi. Ajoyib futbol oqshomi ostida va zo‘r futbol havosi bilan. Juda ko‘p kuchimizni ushbu o‘yinga sarfladik. Birinchi 15 daqiqa bizga qiyinchilikni tug‘dirdi. Keyinchalik raqibimiz bilan tengma-teng o‘ynab, xavfli hujumlarni yaratdik. Ikkinchi bo‘lim ham 1-taymga o‘xshash bo‘ldi. Lekin bizda faqat bitta maqsad edi - g‘alaba qozonish. Biz ikkinchi gol urganimizdan so‘ng, o‘yinimiz biroz xatolarga boy bo‘ldi. Biz pozision himoya uslubiga o‘tdik, bundan keyin «Andijon»da standart vaziyatlar paydo bo‘ldi va bu jihatda raqibimiz hisobni tenglashtirdi. Lekin, keyinchalik biz 3-golni urib, g‘alabani qo‘lga kiritdik.

Yigitlarga shijoatli futbol uchun minnatdorchilik bildiraman, ular g‘alaba uchun oxirigacha kurashishdi. Muxlislarimizga ham rahmat. Uzoq masofadan kelib bizni qo‘llab-quvvatlashdi. Umumiy holda, biz haqli ravishta g‘alaba qozondik

Abdug‘afur juda ko‘p kurashlarda ishtirok etdi va o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi. Uning o‘yinidan qoniqdim, olqishlayman. O‘yin davomida ko‘p mehnat qildi

Hisob 2:0 bo‘lgan paytida, biz juda yaxshi o‘ynadik. Keyinchalik raqibimiz o‘yinni kuchaytirib, hisobni tenglashtirdi. G‘alabaga oxirigacha ishondik. Shu ishonch tufayli g‘alabaga erishdik. Qiyin bo‘lgani rost, «Andijon» jamoasi har doim havodagi ustunlikka ega bo‘ladi, shuningdek qanotlar orqali xavfli vaziyatlarni ko‘p yaratadi. Biroq biz g‘alaba uchun oxirigacha kurashdik va muhim natijani qayd etdik", — dedi Davletov.

— «Surxon» O‘zbekiston kubogi yarim finalida yana «Andijon» bilan o‘ynaydi. Bu o‘yin haqida fikringiz qanday?
— To‘g‘ri, biz kubok yarim finalida yana «Andijon» bilan o‘ynaymiz. Ishonch bilan aytaman, umuman boshqacha o‘yin bo‘ladi. Ham bizda, ham «Andijon»da. Ochig‘ini aytsam, maydon holati og‘ir. Bu maydonda futbolchilar bor darajalarini ko‘rsatib bera olishmaydi. Imkoniyatlarni 50/50 baholayman.

Manba: https://t.me/FCSURXON_OFFICIAL
Kiritildi: 00:59, 19.08.2024.
O'qildi: 738 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик