Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Aleksandr Krestinin: «Bizga tezlik yetishmayapti»

Aleksandr Krestinin: «Bizga tezlik yetishmayapti»

Baho:
+ | -

Superligada 16-tur o‘yinlari davom ettirildi. «Lokomotiv» jamoasi bu tur safarda «Paxtakor»ga qarshi bahs olib bordi va 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Raqibni g‘alaba bilan tabriklayman. Birinchi bo‘limda o‘yinimiz qovushmadi. Juda yomon boshladik. Ikkinchi taymda biroz o‘zimizni o‘ngladik.

— «Lokomotiv» so‘nggi g‘alabasini birinchi davrada «Paxtakor»ga qarshi o‘yinda qo‘lga kiritgan edi. Undan keyin jamoa g‘alaba qozongani yo‘q. Jamoa nega uzoq vaqtdan beri g‘alaba qozonmayapti?

— Mendan avvalgi davr haqida javob bermayman. Istagan tezligimizga ikkinchi bo‘limda erishdik. Tezlik yetishmayapti. Busiz g‘alaba qozonib bo‘lmaydi.

— «Lokomotiv»ni ikkinchi taymda yaxshi o‘ynaganini aytingiz. Haqiqatdan ham shunday, ammo vaziyatlardan foydalanishda muammolar ko‘zga tashlandi?!

— Ruhiyat bilan bog‘liq. Agar jamoa tayyor bo‘lmaganida ikkinchi taymda o‘yinga qaytmagan bo‘lar edi. Mashg‘ulotlarda hammasi o‘xshamoqda, biroq maydondagi ruhiy xolatimiz borasida ishlaymiz.

— Jamoani mavsum oxirida turnir jadvalida hozirgi xolatidan yaxshiroq o‘ringa olib chiqishingizga ishonasizmi?

— Albatta ishonaman. Biz 3 o‘yinning 2 tasida yuta olmadik. Bittasida yengildik. Bugungi bahsning ikkinchi bo‘limi so‘zimga isbot bo‘ladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 10:29, 19.08.2024.
O'qildi: 979 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик