Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

"Navbahor" bosh murabbiyi: "Daraja yetishmayapti"

"Navbahor" bosh murabbiyi: "Daraja yetishmayapti"

Baho:
+ | -

Superligada 16-tur bahslari yakunlandi. "Navbahor" jamoasi bu tur o‘z maydonida "Bunyodkor"ni qabul qildi va 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Hammangiz ko‘rdingiz. Navbatdagi foydalanilmagan imkoniyatlardan iborat o‘yin. Bahsning katta qismida biz ustunlik qildik, ammo bitta qarshi hujum va penalti ortidan ikkita gol o‘tkazdik. O‘zimiz gol kiritishda muammolarga uchrayapmiz.

Komiljon Tojiddinovda hayajon sezilgandek tuyuldi?!

Bilasizmi, Messi maydonga chiqayotganda unda ham hayajon bo‘ladi. Avval aytganimizdek, tarkibni yoshartirish va mahalliy futbolchilarni tarkibga qo‘shishga intilyapmiz. Maqsadimiz keyingi mavsumda tarkibning 90 foizi mahalliy va akademiya tarbiyalanuvchilari bo‘lishi. Afsuski, seleksiyani transfer ta’qiqi sababli amalga oshira olmadik. Mahalliy futbolchilarni hammasida shartnoma bor. Tojiddinovning harakatlaridan ko‘nglim to‘ldi. Aksincha, tajribali futbolchilarning ko‘zida xayajon sezildi. Menga bunday futbolchilar yoqadi.

Bosh murabbiy bilan klub o‘rtasidagi shartnoma qancha muddatga tuzilgan. Rahbariyat sizni oldingizga qanday vazifa qo‘ygan?

Maqsad o‘zgarmagan. Men hayotim davomida imkonsiz ishlarning amalga oshganini ko‘p ko‘rdii. Kubok o‘yinlari bor. Biz har bir o‘yinda huddi oxirgisidek harakat qilamiz. Shartnomam yil oxirigacha.

Qisqa vaqt ichida akademiya, futbol maktablaridagi yoshlarni kuzatishga ulgurdingizmi?

Nafaqat ko‘rdim, balki sinchiklab kuzatdim. Agar o‘yinlarga borsangiz, meni barcha yoshdagi jamoalarni kuzatayotganimni ko‘rasiz. Iqtidorli futbolchilar bizni ro‘yxatimizda bor. Hozirdanoq ular bilan shartnoma imzolashimiz kerak. Nega Superligani boshqa jamoalarida Namangan futboli tarbiyalanuvchilari asosiy ijrochi bo‘lib yurganini kimdir tushuntirib bera oladimi?

Vaziyatlardan unumli foydalanish uchun nima yetishmayapti? Nima qilish kerak?

Har bir bahs takrorlab bo‘lmas ijro. Keyingi o‘yinda raqib syurpriz tayyorlaydi. Bizni o‘rganishmoqda. 90 foiz futbolchisi jarima maydoni ichida bo‘lgan raqib darvozasini ishg‘ol etush uchun klass kerak. Hech yo‘q Rashidov singari ijrochi kerak. Boridan foydalanyapmiz. Ular qo‘shishmoqda.

Jarohat olganlar haqida fikringiz qanday?

Tabatadze yakka tartibda ishlamoqda. Hech yo‘q bir oydan so‘ng sekin-asta tarkibga qaytadi. Rashidov operasiya qilindi. Shifokorlar taxminan 2 oy bizga yordam bera olmasligini aytmoqda.

Kubok qur’asi haqida fikringiz qanday?

Men uchun farqi yo‘q. Har bir uchrashuvga so‘nggisidej tayyorgarlik ko‘ramiz. Chempionat yoki kubokning ahamiyati yo‘q. Raqib kim bo‘lishini ham. Turnir jadvaliga ham deyarli qaramayman. Qolgan hammasi mavsum oxirida ma’lum bo‘ladi. Aslida ham shunday. Agar finalga chiqishga ishonmaganimda, ishlamagan bo‘lar edim. Men mag‘lubiyat yoki durang haqida o‘ylamayman.
Sizda OKMK bilan o‘yinda biroz o‘xshamadi. Bugun durang.

Tajribali murabbiy sifatida aytingchi, golli vaziyatlarni hech yo‘q 50 foizidan foydalanishiga nima halaqit qilmoqda?

Uch bellashuvdan beri raqiblarni yugirtiryapmiz, ammo gol kirita olmadik. Afsuski, bizda daraja borasidagi muammolar ko‘zga tashlanmoqda. Tarkibimizda yarimta imkoniyatni golga aylantiradigan ijrochi yo‘q. Bizning futbolchilarga 10 ta imkoniyat kerak bitta gol urishi uchun. Bizga, 1 tadan 1 ta gol uradigan ijrochilar kerak. Vaqti kelib keladi vaziyatdan foydalanish mahorati. Hech bo‘lmaganda yaratayotgan vaziyatlarimizdan 30 foizidan foydalanishimiz kerak. Hozircha bu bor yo‘g‘i 10 foizni tashkil etmoqda. Afsuski, shunday. Yigitlar buni tushunib turibdi. Shu bois, yonib ketishni keragi yo‘q. Har bir jamoada ilk o‘yinlarda shunday bo‘ladi. Ish boshlaganimga adashmasam bir yoki bir yarim oy bo‘ldi, ammo huddi 10 yildan beri ishlayotgandekman. Lobanovskiy aytganidek, kamida 3 oy kerak jamoa bilan tanishish uchun. Hozircha bori shu.

O‘zbekiston futbolida o‘sish bormi? Muammolar kamayganmi? Farq sezilyaptimi?

Menimcha, hammasi ko‘zga tashlanib turibdi. Olimpiadaga yo‘l oldik. Biz bu ishni uddalay olmaganmiz. Bu katta natija. Osiyo chempioni bo‘ldik yosh yigitlar bilan. Bu katta natija. Ko‘pchilik buni tushunmayapti yoki tushunishni istamayapti. Biz bu ishni uddalay olmaganimizmi, demak kuchsizroq bo‘lganmiz. Umid qilamanki, terma jamoamiz jahon chempionatga yo‘l oladi. Ularda yaxshi imkoniyat bor.

Darvozabonlar tanlovi borasida fikringiz qanday?

Boshqa variant yo‘q edi. Bo‘lgan bo‘lsa ham, aynan ularni tanladik. Sobiq darvozabonimiz so‘nggi kunda Eronga ketishni istadi. Noilojlikdan bir kechada topishni uddaladik. Birorta bo‘sh posbon yo‘q edi. Bo‘sh bo‘lganlar orasida taklifimizni qabul qilganlar bilan kontrakt imzoladik. Transfer ta’qiqi salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Bizda yaxshi variantlar bor edi. Afsuski, buning iloji bo‘lmadi.

Kiritildi: 07:49, 20.08.2024.
O'qildi: 824 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.