“Lester Siti” hujumchisi Jeymi Vardi dushanba oqshomida “Tottenxem” darvozasiga gol urib, jamoasiga 1:1 hisobida durang o‘ynashga yordam berdi.
37 yoshli futbolchi futbol maydonini tark etar ekan, “Tottenxem” muxlislari ustidan kulishga qaror qildi. Vardi futbolkasining yengidagi Premyer-liga logotipiga ishora qilib, barmog‘i bilan bir raqamini ko‘rsatdi.
Keyin Jeymi “Tottenxem” muxlislariga ishora qilib, londonliklarga Premyer-ligada hech qachon g‘olib bo‘lmaganliklarini eslatib, nolga ishora qildi.
Eslatib o‘tamiz, "Lester" 2015/2016 yilgi mavsumda Angliya chempioni bo‘lgandi.