Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

90 metrdan darvozabon goli! (video)

90 metrdan darvozabon goli! (video)

Baho:
+ | -

Armanistonning «Noa» klubi darvozaboni Ognen Chancharevich noyob gol muallifiga aylandi.

Uning o‘z hududidan tepgan to‘pi to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqib jamoa darvozasiga borib tushdi. Yo‘q, qandaydir darajasi past o‘yin emas, Konferensiyalar Ligasi saralashida! Shu tariqa Chancharevich «Noa»ning AYEK (Gresiya)ga qarshi birinchi o‘yinda ishonchli g‘alaba qozonishiga katta hissa qo‘shdi - 3:1.

Nima bo‘ldi?

Armanistonning «Noa» klubi 6 avgust kuni Konferensiya­lar Ligasi uchinchi saralash bosqichi dastlabki o‘yinida ancha mashhur AYEKni 3:1 hisobida yengdi. Gresiyaliklar 22-daqiqada Levi Garsiyaning aniq zarbasidan so‘ng hisobda oldinga chiqib olishdi, lekin mezbonlar tanaffusga qadar muvozanatni tiklash yo‘lini topishdi. Ikkinchi bo‘limda esa «Noa» g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirdi. Ya’ni Ognen Chancharevich va Gonsalu Gregoriu tomonidan urilgan gollar armanlarga ishonchli g‘alaba taqdim etdi - 3:1. Ayniqsa, hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan ikkinchi gol ijtimoiy tarmoqlarda kuchli reaksiya keltirib chiqardi: 67-daqiqada mezbonlar darvozaboni Chancharevich o‘z jarima maydonidan to‘pni kuchli zarb bilan oldinga tepdi. Qarangki, bu harakat shunchaki, to‘pni uzoqlashtirish emas, to‘laqonli samarali zarba bo‘lib chiqdi. Xullas, Ognen yo‘naltirgan to‘p raqib jamoa jarima maydoni yaqinida maydondan sapchib, AYEK darvozaboni Tomash Strakosha ustidan «uchib o‘tdi». Albaniya milliy jamoasi kiperi hayron. Ma’lum bo‘lishicha, Chancharevich 90 metr uzoqlikdan zarba yo‘llagandi.

Bu rekordmi? 

Yo‘q. Chunonchi, Chancharevich darvozabon nuqtasidan zarba bermadi. To‘p jarima maydoni o‘rtalarida edi, ya’ni raqib darvozasidan chamasi 90 metr uzoqlikda. Rasmiy uchrashuvda eng uzoq masofadan urilgan gol sifatida Ginness rekordlari kitobiga kiritilgani esa Angliyaning «Nyuport» klubi sobiq darvozaboni Tom Kingga tegishli. U 2021 yili «Cheltenxem» darvozasini 96,01 metr uzoqlikdan nishonga olgandi. 2023 yili esa rekord uchun yangi da’vogar paydo bo‘ldi - «Kobresal» darvozaboni Leandro Reken Chili chempionatidan o‘rin olgan «Kolo-Kolo»ga qarshi o‘yin­da o‘z joyidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba yo‘llab, gol muallifiga aylandi. Keyinchalik maxsus o‘lchov ishlari olib borildi va zarba nuqtasidan darvoza chizig‘igacha bo‘lgan masofa 101 metrni tashkil etgani ma’lum qilindi. To‘g‘ri, bu ko‘rsatkichning rasmiy tasdig‘i yo‘q.

Chancharevich kim?

Armaniston milliy jamoasining 34 yoshli darvozaboni. Asli serbiyalik kiper 2018 yilgacha faqat o‘z vatanida faoliyat yuritdi, keyin Armanistonning «Alashkert» klubi safiga qo‘shildi. Ognen 2023 yilga kelib, Armaniston fuqaroligini oldi va mamlakat terma jamoasida o‘ynay boshladi. Xullas, o‘tgan yilning iyun oyida debyutini nishonlagan Chancharevich hozirga qadar armanlar bosh jamoasi libosida 11 marta maydonga tushdi. Joriy yil yanvarda esa «Noa» Chancharevich bilan shartnoma tuzdi. 

G‘alaba «Noa»ga nima beradi?

O‘z-o‘zidan tushunarli, AYEK ustidan qozonilgan g‘alaba -  «Noa» uchun katta natija. Har holda, Armaniston chempionati kumush medali sovrindori Gresiya Superligasi-2023|2024ning ikkinchi jamoa­siga qarshi bahsda favorit emasdi. Ilk o‘yinda 3:1 hisobi qayd etilgani esa armanlarda keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini ancha oshirdi. Agar «Noa» javob o‘yinida kerakli natijaga erishsa, unda yangi tizimda bo‘ladigan KL-2024|2025 guruh bosqichi yo‘llanmasi taqdiriga oydinlik kirituvchi oxirgi saralash dovoni («pley-off»)da «Rujomberok» (Slovakiya) — «Xayduk» (Xorvatiya) juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 16:16, 20.08.2024.
O'qildi: 11384 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.