Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 15:00 Ulsan Xyonde 0-1 Kavasaki Frontale
18/09 17:00 Bangkok Yunayted 4-2 Tampines Rovers
18/09 17:00 Li Man 0-2 Tep Han Nam Din
18/09 17:00 Shangxay Port 2-2 Johor Dorul Ta'zim
18/09 17:30 Angola 2-7 Ukraina
18/09 17:30 Liviya 1-4 Qozog‘iston
18/09 19:00 Mohun Bagan 0-0 Ravshan
18/09 20:00 Argentina 2-1 Afg‘oniston
18/09 20:00 Ispaniya 7-1 Yangi Zelandiya
18/09 21:00 Al-Vakra 0-3 Traktor
18/09 21:00 Xolidiya 2-3 At-Ta'vun
18/09 21:00 Kuvayt SK 0-0 Nasaf
18/09 21:00 Shabab al-Ahli 3-1 Al-Hussayn
18/09 21:45 Bolonya 0-0 Shaxtyor
18/09 21:45 Sparta 3-0 Zalsburg
18/09 22:00 Betis 2-1 Xetafe
18/09 23:00 Al-Quva al-Javiya 2-1 Oltin Asr
18/09 23:59 Seltik 5-1 Slovan
18/09 23:59 Bryugge 0-3 Borussiya D
18/09 23:59 Manchester Siti 0-0 Inter
18/09 23:59 PSJ 1-0 Jirona
19/09 21:45 Feyenoord - Bayer
19/09 21:45 Srvena Zvezda - Benfika
19/09 22:00 Leganes - Atletik Bilbao
19/09 23:59 Monako - Barselona
19/09 23:59 Atalanta - Arsenal
19/09 23:59 Atletiko - RB Leypsig
19/09 23:59 Brest - Shturm
20/09 21:30 Kalyari - Empoli
20/09 23:45 Verona - Torino
21/09 00:00 Alaves - Sevilya

Asrimiz afsonalari

Asrimiz afsonalari

Baho:
+ | -

Hikoyamiz qahramonlarini o‘rinlar bo‘yicha joylashtirishda ma’no yo‘q.

18-26 yoshdagi yigitlar Tyerri Anri yoki braziliyalik Ronaldoning yuksak saviyadagi o‘yinlari xususida tushunchaga ega emaslar. Bunday maqomdagi fanatlar maktabda Ronaldinyo haqida yuzaki tasavvurga ega bo‘lishgan, Zidanni esa «Real» va «Fransiya terma jamoasidagi yorqin o‘yinlarini emas, Marko Materassining ko‘ksiga kalla tortganini eslab qolishgan. Shunday ekan, bobolar ham futbol o‘ynashni bilganlarini yoshlarga yetkazish uchun reytinglar muhim ahamiyatga ega. Lekin yangi asr merosini baholash uchun o‘tmish natijalarini «sudramaslik» lozim. Misol uchun, Badjo - buyuk futbolchi, lekin yangi asrni «Breshiya»da faoliyatini yakunlash bilan o‘tkazgan. Shu sababli, uni kichik Anri toifasiga kiritishmagan. Zidanning eng yorqin o‘yinlari ham o‘tgan asrda namoyish etilgan. Qisqasi, ESPN taqdim etgan yangi asr avvalidagi 25 nafar eng yaxshi futbolchilar reytingi talabga javob bermaydi. Shu bois, e’tiboringizga o‘zgacha sistemani havola etamiz - «O‘ta buyuklar», «Buyuklar», «Afsonaviylar» va «Etuklar».

O‘TA BUYUKLAR: Ronaldu, Messi

Ikki nafar futbolchi, bu yerda gapni cho‘zib o‘tirishning hojati yo‘q. Aynan 21-asrda ko‘pchilik afsonalar butsalarini mixga ilishgandi. Biroq bu ikki qahramonimiz bor kuch-mahoratlarini yangi asrda namoyish etdilar. Noyob ijrochilar juda ko‘p, lekin Krishtianu va Leo 15 yil davomida futbolning zamonaviy usullarini maydonda tatbiq etdilar.

AFSONAVIYLAR: Ronaldo, Zidan, Ronaldinyo, Anri, Xavi, Inyesta, Pirlo, Modrich, Buffon, Kasilyas, Maldini, Roberto Karlos

Agar reyting barcha zamonlarni o‘z ichiga olganida, o‘ta noyob iqtidor sohibi bo‘lmish Ronaldo va zebo tabiatli Zidan o‘ta buyuklar qatoridan joy olishardi. Biroq biz faqat 21-asrni tahlil qildik, bu davrda braziliyalik hujumchi shikastlangan tizzasi bilan to‘p surgan, Zizu esa JCH-2002 va Yevro-2004da mag‘lubiyatga uchragandi. Lekin bema’ni bahsga o‘rin yo‘q, reytingda hech kim yuqorida ham - pastda ham emas, hammasi afsona. To‘g‘ri, Inyesta Ronaldinyochalik mashhur bo‘lmasligi mumkin, lekin bir jahon chempionini ro‘yxatdan chiqarib, ikkinchisini e’tirof etish adolatsizlik bo‘lardi. Shuning­dek, Modrich ham «Tottenxem»da afsona emasdi, lekin «Real» va Xorvatiya terma jamoasida so‘nggi 12 yilni mukammal o‘tkazdi. Buffon va Kasilyas har qanday reytingdan tushib qolardi. Chunki hujumchilar ulardan ko‘ra mashhurroqlar. Biroq bu ikki darvozabon futbol tarixidagi top-qo‘riqchilar beshligidan joy olgan.

BUYUKLAR: Mbappe, Buskets, Kroos, Kaka, Shevchenko, Lam, Nesta, Totti, Figu, Nedved, Ramos, Skoulz, Noyer, Benzema, Ibragimovich, Suares, Xabi Alonso, Kafu, Kannavaro, Raul, Giggz, Zeedorf

Buskets va Kroos «Afsonaviylar» toifasiga yaqin. Shu o‘rinda ayrim reytinglar Zeedorf inkor etganligini ta’kidlash joiz. Biroq Klarens «Milan»da Xavi, Modrich, Kroos va Inyestadan qolishmaydigan darajada to‘p surgan. Bu sermahsul mashinadan voz kechish - insofsizlik. Mbappe esa ikkita JCH finallarida qanot hujumchisiga xos bo‘lmagan sermahsullik ko‘rsatdi. Endi «Real»da Anri darajasida o‘ynashi talab etiladi. Kaka, Figu, Shevchenko, Nedved, Kannavaro va Benzema - «Oltin to‘p» sohiblari. Angliyalik Ouendan farqli ravishda, ular futbol Everestida sinovdan o‘tishgan.

YETUKLAR: Levandovski, Di Mariya, Beyl, Kloze, Dani Alves, Vilya, Eto’O, Runi, Pepe, Myuller, Jerrard, Robben, Neymar, Pike, Eshli Koul, Ferdinand, Vidich, Lempard, Viyeyra, Kante, Makalale, Riberi, Drogba, Saloh, Puyol, Terri, Yaya Ture, Rivaldo, Badjo, Rodri, De Bryuyne, Karvaxal, Chex, Grizmann, Aguero, van Deyk, Ballak, Del Pyero, Pogba, Alba, Azar, van Nistelroy, Bekxem, Marselo, Keyn, Torres, Sesk, Sneyder, Oblak, David Silva, Kavani, Guti, Inzagi, van Persi, Xames, Varan, Tiago Silva, Rikelme, Kurtua, Teves, Ouen, Ozil, van der Sar, Zanetti, Deku, Bergkamp, Kimmix, Pires, Kyellini

Levandovski xorijda buyuklardek to‘p surmoqda, «Oltin to‘p»ni deyarli qo‘lga kiritdi. Albatta, kimlardir reytingdan chetda qoldi, ro‘yxatni to‘ldirishingiz mumkin. Qolaversa, yaqin kelajakda yosh futbolchilar orasidan «Etuklar» darajasidagilar chiqadi. Chunki sifatli o‘yin ko‘rsatadiganlar ko‘paymoqda. Masalan, Arshavin va Akinfeevni 5-toifa - «Benazirlar» reytingiga kiritish mumkin. Lekin bu guruhga munosib futbolchilar juda ko‘p. Shu sababli, biz 4ta reyting bilan kifoyalanishni o‘rinli topdik.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:00, 20.08.2024.
O'qildi: 2351 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.