Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Ivan Boshkovich: «Taktika borasida uxlayotganimizda ham o‘ylayman»

Ivan Boshkovich: «Taktika borasida uxlayotganimizda ham o‘ylayman»

Baho:
+ | -

Superliga 14-turida «So‘g‘diyona» jamoasi Farg‘onada «Neftchi» klubi mehmoni bo‘ldi va 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— O‘ylashimcha, raqibga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Biz maydonning holatini ham hisobga olgan edik. Ayniqsa, ikkinchi taymda. Bugun jang bo‘lishini, ikkinchi qavat va stadartlarni hisobga olgan edik. Yigitlarim barchasini uddalashdi. Meni talabimdan tashqari, ruhiy xolatimiz va sabr bilan kutganimiz uchun haqli g‘alabaga erishdik. Raqibga keyingi o‘yinda g‘alaba tilayman.

— Boshkovich tunggi soat 2-3 larda stadionda yangi taktika ustida boshqotirish uchun aylanib yuradi deb eshittim. Shu rostmi?

— Barchasi siz o‘ylagandek emas, ammo haqiqatga yaqin. Biz deyarli bazadan chiqmay ishlayapmiz. Bunday paytda sayr qilish uchun maydon eng yaqini. Taktika borasida uxlayotganimizda ham o‘ylayman. Bunday savol berganingiz menga yoqdi.

— «Neftchi» bilan kubokda ham, chempionatda ham o‘ynadingiz. O‘zgarish bormi?

— Bu batamom ikki xil uchrashuv bo‘ldi. Bizda ham, ularda ham imkoniyat bo‘lgan edi. Bu safar asosiy kurash markazda kechdi. Biz ko‘proq to‘p nazoratini raqibga berib harakat qildik. Ikki o‘yinni solishtirib bo‘lmaydi. Har bir bahsning o‘z ssenariysi bor. Mavsum oxirida hammasi o‘z o‘rniga keladi. Turnir jadvali hamma savollarga yakuniy javobni beradi.

— Bugun juda ko‘p yosh futbolchilar maydonda harakat qildi?!

— Nafaqat bu o‘yin, boshqa bahslarda ham bu xolat kuzatiladi. Jamoada jismoniy charchoq yig‘ilib qolgani uchun ko‘proq rotasiyaga murojaat etamiz. Shunchaki, yoshlar mashg‘ulotlarda kattalardan ko‘ra yaxshiroq harakat qilmoqda. Men hech qachon ikkisini ajratmaganman. Ularning formasiga e’tibor qilamiz. O‘tgan bahsda 6 ta 21 yoshdan kichik futbolchi bilan harakat qilgan edik. Bugun 5 ta. Men yoshga e’tibor qilmayman. Har bir bellashuvga bir xil tarkib bilan harakat qilib bo‘lmaydi. Eng optimal tarkibni tanlash kerak. Bu 11 futbolchi bilan jamoa doim eng kuchlisi bo‘lib qolmaydi. Boshqa faktorlar yordamida balansni ushlab turish kerak.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 05:45, 21.08.2024.
O'qildi: 1096 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.