Ivuarlik hujumchi Muhammad Konate Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tdi.
Endi hujumchi poytaxtning "Ar-Riyod" klubi sharafini himoya qiladi, klub mamlakat oliy divizionida o‘ynaydi.
Eslatib o‘tamiz, Konateni Rossiya Premyer-ligasi muxlislari yaxshi bilishadi. Afrikalik legioner faoliyatining so‘nggi besh yilini Rossiyada "Tambov", "Ximki" va "Axmat" klublarida o‘tkazgan. 2024 yilning yozida uning Grozniy klubi bilan shartnomasi nihoyasiga yetdi.