Ilkay Gyundogan allaqachon Angliyada.
Daily Mail xabariga ko‘ra, yarim himoyachi Manchesterga uchib ketgan va u yerda u "Manchester Siti" bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolashi kerak.
Oldinroq "Barselona" 33 yoshli germaniyalikni tekinga qo‘yib yuborayotgani ma’lum bo‘lgandi.