Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

"Lokomotiv" - "Qizilqum" bahsi qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

"Lokomotiv" - "Qizilqum" bahsi qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Bunyodkor" stadioni chimini milliy jamoaning KXDR termasiga qarshi uchrashuvi uchun saqlash maqsadida mazkur bellashuv 24 avgust kuni "Do‘stlik" stadionida o‘tkazilishi ma’lum qilingandi.

Biroq shundan keyin Liga hamda Sport telekanaliga bog‘liq bo‘lmagan o‘zgarishlar ro‘y berdi. Xabaringiz bor, ayni vaqtda O‘zbekiston futzal bo‘yicha Jahon chempionatini o‘tkazishga puxta hozirlik ko‘rmoqda. Musobaqa teletranslyasiyasi muhim ahamiyat kasb etadi va buni amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida teleradiokompaniyaning hissasi bor.

Superliga uchrashuvida esa VAR texnikasining faoliyat olib borishi muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun bellashuv suratga tushirilishi lozim. Shundan kelib chiqib, Sport hamda Liga o‘zaro kelishgan holda har ikki klub bilan muzokara olib bordi va yakunda uchrashuvni yana 1 kunga surishga qaror qildi.

Shuningdek, "Qizilqum" klubining U21 jamoasi a’zolari Toshkentga kelishi uchun allaqachon chiptalar xarid qilinganidan kelib chiqib, o‘rinbosarlar o‘rtasidagi uchrashuv sanasiga o‘zgartirish kiritilmadi. Kelishuvga ko‘ra, asosiy va U21 jamoalari o‘yini 25 avgust kuni parallel ravishda bo‘lib o‘tadi. Asosiy bellashuv 18:00 da start oladi.

Liga mavjud holat uchun futbol jamoatchiligidan uzr so‘raydi. Ayni vaqtda biz Superliga uchrashuvlarini belgilangan tartibda o‘tkazish uchun barcha vositani ishga solib kelmoqdamiz. Biroq Ligaga taaluqli bo‘lmagan boshqa masalalar ham borki, oxir-oqibat ular bilan hisoblashishimiz lozim. Umid qilamizki, jamoatchilik vaziyatni to‘g‘ri tushunadi.

Kiritildi: 10:18, 23.08.2024.
O'qildi: 1035 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик