Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Superliga. “Metallurg” – “Dinamo”, prevyu

Superliga. “Metallurg” – “Dinamo”, prevyu

Baho:
+ | -

“Metallurg” hamda “Dinamo” jamoalari kuchlilar safida o‘zaro 41 ta uchrashuv o‘tkazishgan. Shulardan 14 tasida “Metallurg”, 19tasida “Dinamo” g‘alaba qozongan. 8 ta uchrashuvda kuchlar teng kelgan. To‘plar farqi ko‘hna shahar jamoasi foydasiga – 58:51.

Har ikkala jamoaning o‘zaro o‘yinlardagi eng yirik g‘alabasi – 5:0 (“Metallurg” 2019 yil, “Dinamo” 2001 yil). Jamoalarning ushbu mavsum birinchi davrasida Jizzaxda o‘tgan o‘yinida dinamochilar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.


Bekoboddagi o‘yinlar haqida fakt: “Metallurg” o‘z maydonida raqibini 11 marta taslim etgan. “Dinamo” esa bu raqib maydonidan 3 marta g‘alaba bilan qaytgan. 6 o‘yinda esa tomonlar murosa ko‘chasini tanlashgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar nisbati – 31:15.

Bekobodda o‘tgan so‘nggi beshta uchrashuv:

17.05.2022  «Metallurg» - «Dinamo»  2:1
23.11.2019  «Metallurg» - «Dinamo»  5:0
03.03.2017  «Metallurg» - «Dinamo»  0:2
19.09.2015  «Metallurg» - «Dinamo»  4:2
09.08.2014  «Metallurg» - «Dinamo»  3:0

“Dinamo” haqida

“Dinamo” futbol klubiga 1960 yilda asos solingan. Jamoa shu kungacha “Spartak”, “So‘g‘diyona”, “Samarqand FK”, “Maroqand”, “Afrosiyob”, “Samarqand-Dinamo” nomlari ostida musobaqalarda qatnashib kelgan. Tashkil etilgan paytda olgan “Dinamo” nomiga esa to‘rt marta qaytildi – 1960-63, 1976-91, 1993-97, 2008 yildan hozirga qadar.

Kuchlilar safidan olti marta tushib ketgan dinamochilar har safar elitaga tezda qaytgan. Eng yaxshi mavsumi 2000 yilgi to‘g‘ri keladi – 4-o‘rin. O‘sha yili jamoa O‘zbekiston kubogining finalida ham o‘ynagan. “Dinamo” 2000-2001 yilgi mavsumda Osiyo kubok egalari kubogi musobaqasida mamlakatimiz sharafini himoya etgan.

Dinamochilar kuchlilar safida 747 ta o‘yin o‘tkazgan. Shulardan 248 tasida samarqandliklar g‘alaba qozongan, 138 ta o‘yinda durang, 361 ta o‘yinda mag‘lubiyat qayd etgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi – 896:1103. Jamoaning elitadagi eng yirik hisobli g‘alabasi – 8:0 (“Semurg‘” – 2000), eng yirik mag‘lubiyati ham – 0:8 (“Neftchi”, “Surxon” – 1997).

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 15:40, 23.08.2024.
O'qildi: 671 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.