Samarqandning «Dinamo» klubi Superligada navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. «Sherlar» mamlakat chempionatining 17-turini ochib bergan uchrashuvda «Metallurg» mehmoni bo‘lib kichik 1:0 hisobida muvaffaqiyat qozonishdi.
Samarqandliklarga 3 ochko olib kelgan golga Anvarjon Xojimirzayev mualliflik qildi. U 45-daqiqada bekobodliklar darvozasiga to‘p kiritdi.