Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Vadim Abramov Superligadagi maydonlar, milliy jamoaga munosib o‘yinchilar va shartnomani uzaytirish masalasi haqida

Vadim Abramov Superligadagi maydonlar, milliy jamoaga munosib o‘yinchilar va shartnomani uzaytirish masalasi haqida

Baho:
+ | -

«Metallurg» - «Dinamo» (0:1) o‘yinidan keyingi matbuot anjumanida jurnalistlar Vadim Abramovdan Superligadagi maydonlar holati, jamoalarning o‘z uyida emas, boshqa shaharlardagi stadionlarda to‘p surishga majbur bo‘layotgani haqida so‘rashdi.

- Stadionlar masalasida berayotgan savolingiz bo‘yicha ko‘pchilik murabbiylar gapirishdi, bu borada birinchi emasman. Aksariyat stadionlarni yopib, 2-3ta jamoani bitta maydonda qanday o‘ynatish mumkin? Buni qaysi maydon ko‘tara oladi? Keling, Samarqanddagi o‘zimizni maydon misolida gapirsam. Yangilangan maydonimizga juda ko‘p zarur kimyoviy o‘g‘itlarini berib borish, alohida parvarishlash kerak. Bu maydonga qarash, parvarishlash uchun katta mablag‘ talab etiladi. Hozircha maydonni yangilagan firma ishchilari parvarishlamoqda, o‘z vaqtida urug‘i, kimyoviy qo‘shimchalarini berishmoqda. Ammo ular ketgach nima bo‘ladi? Buni saqlab turishning o‘zi bo‘lmaydi. O‘zi bizda ko‘rkam maydon bor edi. Shunchaki olib tashladilar. Hozirgi maydon qancha vaqt talabga javob berishi o‘ylantiradi. Keyingi mavsumda bu masalaga to‘xtalsa bo‘ladi. Bu faqat bizdagi maydon bilan bog‘liq emasligini ko‘ryapmiz. Maydonlarga chim yotqizilayotganda, mahalliy iqlim sharoitini ham hisobga olish kerak. Har holda Nukusdagi iqlim Toshkentdagidan farq qiladi yoki aytaylik, Qarshi uchun yaxshi bo‘lgan maydon Samarqandda ham yaxshi bo‘ladi, degani emas. Shu bois maydon masalasida hamma o‘z ishi bilan shug‘ullansa, hammasi yaxshi bo‘ladi. Ammo hozir ko‘rib turibsiz, aksariyat jamoalar qayerda o‘ynashni bilishmayapti. Nimanidir yaxshi qilishni istayapmiz, ammo yakunda unday bo‘lmayapti.

- Endi milliy jamoalar o‘yinlari sababli Superligada katta tanaffus yuzaga keladi. «Dinamo»ning hozirgi tarkibidan kimlarni milliy jamoaga to‘p surishga munosib deya olasiz?
- Bu masalada gapirishni istamasdim. Milliy jamoamizda bosh murabbiy bor. Ular kimni taklif etishni, qayerda o‘ynatishni yaxshi bilishadi. Shu bois bu savol menga emas.

- «Dinamo»ning yetakchi o‘yinchilari bilan keyingi mavsum uchun shartnomani hozirdan uzaytirish masalasi ko‘rib chiqilyaptimi?
- Ko‘ramiz, hali mavsumni yakunlab olishimiz kerak. Bu masalaga hali to‘xtalamiz.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 15:08, 24.08.2024.
O'qildi: 1644 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.