Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Levchenko "Olimpik" ustidan qozonilgan yirik g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?

Levchenko "Olimpik" ustidan qozonilgan yirik g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?

Baho:
+ | -

Superligada 17-tur o‘yinlari davom ettirildi. "Neftchi" jamoasi bu tur o‘z maydonida "Olimpik" klubini qabul qildi va 3:0 hisobida zafar quchdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Biz bugun orqada tartibli futbol o‘ynadik. Oldingi chiziqda yaratgan vaziyatlardan foydalandik. Bu xursand qiladi.

O‘tgan o‘yinda 0:3 hisobida yengilgan edi jamoa, bugun 3:0 hisobida g‘alaba qozonildi. Bu taktik maqsad edimi?

Bilasizmi, himoyada konsetrasiya bo‘lmasa va epizodlarni oxirigacha o‘ynab qo‘ymasa muammolar bo‘ladi. Raqiblar foydalanadi. O‘tgan o‘yinni tahlil qildik. Hamma o‘tkazib yuborgan gollarimiz xatolarimiz ortidan keldi. Bellashuvda e’tiborli bo‘lish talab etiladi. Bo‘shashmaslik kerak. Bugun buni uddaladik. Yaratgan vaziyatlarimizdan foydalanganimiz ko‘ngilga taskin berdi.

Bugun Botirali Ergashev qaydnomada ko‘rinmadi?!

U jarohati sababli bahsni o‘tkazib yubordi. Bundan avvalgi o‘yinda ham muammo bor edi, ammo mashg‘ulot paytida uni kattalashtirib oldi. Hozir jarohatidan forig‘ bo‘lish bilan band.

Tanaffus uchun rejalar bormi?

Taxminan 13 sentyabrda maydonga tushamiz. Agar hech qanday o‘zgarish bo‘lmasa albatta. Hozir bor e’tiborimiz "Paxtakor" bilan bo‘ladigan mehmondagi bahsga qaratilgan. O‘rtoqlik o‘yinlar borasida muzokaralar ketmoqda. Agar aniq ma’lumot bo‘lsa, klub matbuot hizmati buni e’lon qiladi. Balki bir yoki ikkita uchrashuv o‘tkazamiz.

Effiongning o‘yini haqida fikringiz qanday?

U harakat qilyapti. Bizni oldingi chizig‘imizda raqobat bor. Yetakchi futbolchilarimiz bor. Nsungusi qo‘llarini tushurib yuborgani yo‘q. Kurashyapti.

"Neftchi" hujum chizig‘i shu tempni ushlab qoladimi?

Bilasizmi, hujumchi shunday kasbki, undan doim gol kiritishini so‘rashadi. Buni har doim ham uddalash qiyin. Aytganimdek, bizda yaxshi saviyadagi hujumchilar mavjud. Ular zaxiradan tushib tezlikni oshirishi mumkin. Masalan Azizda biroz o‘yinlarda pasayish kuzatildi. Uni dam olib zaxiradan tushishi uchun almashtirdik. Bugun o‘yinga qo‘shilib ikkita gol urdi.

Kiritildi: 07:58, 25.08.2024.
O'qildi: 711 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.