Bilbaoning "Atletik" klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde "Barselona"ga qarshi o‘yinda rejalari barbod bo‘lganini tan oldi.
Basklar jamoasi La Liga 2-turi doirasidagi o‘yinda safarda “ko‘k-anorranglilar”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi – 1:2. Robert Levandovski 75-daqiqada kataloniyaliklarga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.
"Barselona" bilan o‘yinda biz pressing qilishga harakat qildik, ammo buni amalga oshirishning iloji bo‘lmadi, chunki Pau Kubarsi uzatmalarida umuman xato qilmadi", - deya "Atletik" ustozi so‘zlaridan iqtibos keltiradi Barca Universal.