Kecha "Milan" "Parma"ga yutqazib qo‘ydi (1:2). O‘yindan so‘ng milanliklarning sobiq ustozi Fabio Kapello jamoa haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Milan"ning muammolari hisobdagidan ko‘ra chuqurroqdir va ularni bir so‘z bilan tarjima qilish mumkin emas: muvozanat buzilgan.
Fonseka jamoasida o‘yin yo‘q, ular maydonga sochilib ketishgan, uchtasi bu yerda, to‘rttasi u yerda. To‘pni oldinga olib o‘tishda juda katta muammolar ko‘zga tashlandi. Bu o‘tgan yili ham sodir bo‘lgan edi", – dedi Kapello.