Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Jahon chempionatida sportchilarimiz “quruq” qoldi

Jahon chempionatida sportchilarimiz “quruq” qoldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Samarqand eshkak eshish kanalida 23 avgust kuni boshlangan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati kecha yakunlandi.

Dunyoning 50 dan ortiq mamlakatidan 500 nafarga yaqin sportchi ishtirok etgan chempionat yurtimizda ilk bor o‘tkazilgani bilan tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi.

Sportchilar uch kun davomida 200, 500, 1000 hamda 5000 metr masofalarda o‘zaro bellashdilar.

24 avgust kuni 1000 va 500 metr masofalardagi poygalarda S1 ayollar, S2 erkaklar va K2 dasturida erkaklar va ayollar juftligi g‘oliblari aniqlangan bo‘lsa, bugun chempionatning so‘nggi final bahslarida eshkak eshuvchilar 4 ta dastur bo‘yicha 5000 metr masofada o‘z imkoniyatlarini ko‘rsatdilar.

Musobaqalar natijasiga ko‘ra, Xalqaro kanoe federasiyasi (ICF) bayrog‘i ostida harakat qilgan sportchilar umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi. Shuningdek, chempionat davomida Vengriya, Portugaliya, Xitoy, Germaniya, Ispaniya hamda Polsha mamlakatlari sportchilari shohsupaga ko‘tarildi.

Afsuski, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga medallar nasib etmadi. Kanoechimiz Nurislom To‘xtasin o‘g‘li shohsupaga ko‘tarilishga juda yaqin keldi. Biroq u yakunda marra chizig‘ini to‘rtinchi bo‘lib kesib o‘tdi.

Ayollar o‘rtasidagi poygada Dilnoza Rahmatova o‘ninchi natijani qayd etdi. Xuddi shu masofada baydarkachilar o‘rtasidagi bellashuvda Yaroslav Slavgorodskiy o‘n uchinchi ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. Ayollar bahsida yana bir sportchimiz Shahrizoda Mavlonova finishga yetib kela olmadi.

Chempionat g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.

Kiritildi: 08:29, 26.08.2024.
O'qildi: 1683 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.