"Krasnodar" yarim himoyachisi va sardori Eduard Spersyan o‘z xizmatlariga "Lans" qiziqish bildirayotgani haqidagi ma’lumotlarga qisqacha javob qaytardi.
"Lans"? Bu mish-mish bo‘ldi, lekin o‘tib ketdi", - deya Spersyanning so‘zlarini keltiradi "Sport-Ekspress".
Armaniston terma jamoasining 24 yoshli futbolchisining "buqalar" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.