36 yoshli kolumbiyalik yarim himoyachi Xuan Kuadrado rasman "Atalanta" futbolchisiga aylandi.
Futbolchi Bergamo klubi bilan bir mavsumga shartnoma imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, Kuadrado o‘tgan mavsumni “Inter”da o‘tkazdi. Shuningdek, u Milan klubi tarkibida erkin agent bo‘lib chiqdi.
Ilgari Xuan faoliyatining 8 yilini Turinning “Yuventus” jamoasida o‘tkazgan, shundan olti yil doimiy shartnoma asosida.