Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

"Galatasaroy" murabbiyi: "Akturko‘g‘lu klubni tark etishni xohlagan edi, endi esa fikrini o‘zgartirdi"

"Galatasaroy" murabbiyi: "Akturko‘g‘lu klubni tark etishni xohlagan edi, endi esa fikrini o‘zgartirdi"

Baho:
+ | -

"Galatasaroy" bosh murabbiyi Okan Buruk "Yang Boyz" bilan Chempionlar ligasi saralashining javob o‘yini oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida, avvalroq Moskvaning "Spartak" klubiga o‘tish taklifini olgan qanot yarim himoyachisi Kerem Akturko‘g‘luning ketishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

"Kerem o‘yinidan va jamoaga ko‘rsatgan qo‘llab-quvvatlashidan juda mamnunmiz. Unda mavsum boshida ketish fikri bor edi, lekin u hozir “Galatasaroy”ni tark etishni istamaydi", — dedi Okan Buruk.

Akturko‘g‘luning “Galatasaroy” bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning iyuniga qadar tuzilgan. O‘tgan mavsumda u 54 ta o‘yinda qatnashib, 15 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 07:42, 27.08.2024.
O'qildi: 693 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик