Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Samarqandning “Dinamo” klubi sobiq futbolchisi og‘ir kasallik oqibatida 34 yoshida vafot etdi

Samarqandning “Dinamo” klubi sobiq futbolchisi og‘ir kasallik oqibatida 34 yoshida vafot etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Tojikiston klublarida to‘p tepgan o‘zbekistonlik futbolchi Sayriddin G‘afforov 34 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Dinamo” matbuot xizmati xabar berdi.

U futbolchilik faoliyati davomida jarohat olib, davolab bo‘lmaydigan kasallikka yo‘liqqan. Sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yib bo‘lsa-da, futbolchi Tojikiston va O‘zbekistonning turli klublarida o‘ynashda davom etadi. Sayriddin Tojikistonda ikki marta jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan. Uchinchi amaliyot Toshkentda o‘tkazilgan.

Kasallik avj olib, asta-sekin futbolchining yelkasi va oyoqlarida og‘riqlar paydo bo‘la boshlaydi, qo‘llari esa zaiflashadi. Keyinchalik G‘afforov butunlay falaj bo‘lib, nutqiy qobiliyatini yo‘qotadi.

Shifokorlar Sayriddinda lateral amiotrofik skleroz (ALS) borligini aniqladi.

Sayriddin G‘afforov 1990 yil 29 avgustda O‘zbekistonning Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyatini “Sho‘rchi” jamoasida boshlagan, so‘ngra bir qator klublar – “Sho‘rtan”, Samarqandning “Dinamo”, “Andijon”, “Surxon” klublarida o‘ynagan. Bundan tashqari G‘afforov Tojikistonning “Regar-TadAZ”, “Ravshan”, “Hosilot”, “Xo‘jand” kabi jamoalarida to‘p tepgan. Futbolchi uch farzandning otasi edi.

Futbolchi 25 avgust kuni vafot etgan.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 11:27, 27.08.2024.
O'qildi: 1810 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик