Tajribali darvozabon Ruy Patrisiu «Atalanta»ga erkin agent sifatida qo‘shildi. Bergamoliklar transfer tafsilotlarini hozircha ma’lum qilmagan.
Eslatib o‘tamiz, 36 yoshli portugaliyalik darvozabon yozda «Roma»ni tark etgandi. U Rim klubida 2021 yildan buyon o‘ynab kelayotgandi. Bungacha darvozabonning faoliyatida Lissabon «Sporting» va «Vulverxempton» jamoalari bo‘lgan.
Shuningdek, u Portugaliya terma jamoasi safida barcha turnirlarda 108 ta o‘yin o‘tkazgan.