Tajribali 36 yoshli himoyachi Anjelo Ogbonna faoliyatini Chempionship klubi «Uotford»da davom ettiradi. Italiyalik futbolchi erkin agent sifatida yangi klub topib, bir mavsumga shartnoma imzoladi.
Markaziy himoyachi faoliyatining so‘nggi 9 yilini Londonning «Vest Xem» klubida o‘tkazdi. U u yerga 2015 yilda Turinning «Yuventus» klubidan ko‘chib o‘tgandi. Faoliyatining avvalida vatanida «Torino» va «Krotone» sharafini himoya qilgan.
Italiyalik futbolchining asosiy pozisiyasi – markaziy himoyachi. "Transfermarkt" portali futbolchini atigi 700 ming yevroga baholamoqda.