Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Aleksandr Xomyakov: «Kelinglar, xursandchilik qilaylik»

Aleksandr Xomyakov: «Kelinglar, xursandchilik qilaylik»

Baho:
+ | -

Yarim final o‘yinidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida «Andijon» bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov qatnashdi.

— Ajoyib g‘alaba bilan tabriklayman. Hozir hissiyotlaringiz qanday?

— Albatta, ajoyib. Bunday g‘alabadan keyin barchasi yoqimli. Kelinglar, xursandchilik qilaylik. Barcha muxlislarni, jamoamni, hamma-hammani g‘alaba bilan tabriklayman. Darhaqiqat, bu tarixiy g‘alaba bo‘ldi. Hozir biror joyida o‘xshadi yoki o‘xshamadi, deyish qiyin. Eng asosiysi, biz g‘alaba qozondik. Hozir o‘yin haqida to‘liq tahlil qilmaylikda, xursandchilik qilishni davom ettiraylik. Yigitlarga katta rahmat. Ular o‘yinni tashlab yuborishmadi, oxirigacha kurashishdi. Omad biz tomonda bo‘ldi.

— Bir necha kun avval chempionatda jamoangiz «Surxon»ga yutqazgandi. Bu safar ancha jiddiy qarshilik ko‘rsatdinglar. Shundan keyin raqibni yaxshi o‘rganganmidingiz? Buning siri nimada?

— Hamma sirni ochishim kerakmi (kuladi)? Raqibni o‘rganib chiqqandik. Ular ham bizning kuchli va kuchsiz jihatlarimizni tahlil qilib chiqishgan. Qo‘limizdan kelganicha bugun yaxshi o‘yin ko‘rsatishga harakat qildik. Bunday uchrashuvlarda asosiy vaqtda durang bo‘lsa, kimdir jismonan va ruhan yaxshi tayyorlangan bo‘lsa, o‘yinda yutib ketadi. Ikkala jamoa ham bir-birini yaxshi o‘rgangani ko‘rinib turdi. O‘yin davomida gol o‘tkazib yubormadik. Raqib bizni yaxshi o‘rgangan ekan. Ular ham finalda o‘ynashga loyiq edi, deb o‘ylayman. Qaysidir jihatlarda o‘yinimiz o‘xshamadi, qaysidir paytlarda o‘xshadi. Bizga omad kulib boqdi.

— Samiyev penaltidan gol ura olmaganida qanday hissiyotlar bo‘ldi?

— Qanday hissiyot bo‘lishi mumkin? Penalti bu lotereya. U gol urishi kerak edi. U yerdagi vaziyat haqida fikr bildirish qiyin. Albatta, javobgarlik va mas’uliyat bor. Qaytanga, bunday pallada darvozabonga oson. Chunki to‘pni tepadigan futbolchida mas’uliyat juda yuqori bo‘ladi. U qadar hissiyotga berilmadim. Yana vaqtimiz va imkoniyatimiz borligi uchun ishonch bilan kutib turgandim. Bitta penaltidan foydalana olmaganimiz bilan yutqazmasligimizni va imkoniyatimiz borligini bilardim. G‘alabaga ishongandim.

— Bektemir Abdumannonov birinchi davradan keyin negadir oldingidek yorqin o‘yin ko‘rsata olmayapti. Bugun ham zaxiraga olinayotganida norozi kayfiyatda bo‘ldi...

— Ko‘rib turibsiz, jamoa o‘yini inqiroz holatida edi. Chempionatdagi ketma-ket 4 ta mag‘lubiyat ham futbolchilarning ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Ha, qanotlardagi futbolchilarimizning o‘yini to‘liq o‘xshamayapti. Bu to‘g‘ri. Hujumlar va qarshi hujumlar va qanotlardan o‘yin tashkil qilishimizda muammolarimiz borligini va birinchi davraga nisbatan yaxshi emasligini bilib turibmiz va ularni bartaraf qilishga harakat qilyapmiz. Kubok finaliga chiqqanimizdan keyin endi biroz tanaffus bo‘ladi. Chempionat boshlangunicha o‘zimizga kelib olib, kamchiliklarimizni hal qilishga harakat qilamiz.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 06:14, 31.08.2024.
O'qildi: 1313 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.