Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Eldor Adhamov: «Maydonda oxirgi nafasimgacha, oyog‘im uzilib ketsa ham o‘ynashim kerak edi»

Eldor Adhamov: «Maydonda oxirgi nafasimgacha, oyog‘im uzilib ketsa ham o‘ynashim kerak edi»

Baho:
+ | -

«Andijon» klubi o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston Kubogi finaliga yo‘l oldi. Bilasiz, g‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi. O‘yinda jamoa darvozasini munosib qo‘riqlagan Eldor Adhamov ham shu kuni ishqibozlar tomonidan olqishlarga sazovor bo‘ldi. Bellashuvdan keyin u bir qator savollarga javob berdi.

— Tarixiy o‘yindagi unutilmas g‘alabadan keyingi xissiyotlaringiz qanday?

— Biz bu hissiyotlarga ancha tayyorlandik. Ichimizdan bunday xissiyotlarni o‘tkazib ko‘rgandik. Yutiishmizni ko‘p o‘yladik. Chunki qora chiziq paydo bo‘lib qolgandi. Buning ustiga muxlislarning ham e’tirozlariga sabab bo‘layotgandik. Aslida har bir uchrashuvga maksimal tayyorlanamiz. Lekin bu safar imkoniyatimiz darajasidan ham ikki barobar ko‘proq tayyorlangandik. G‘alaba qozonishimizga ishonchimiz bor edi. Faqat murabbiylarni ko‘rsatmasini to‘g‘ri bajarib, amalga oshirishimiz qolgandi, xolos. Xudoga shukr, yuzimiz yorug‘ bo‘ldi.

— O‘yinning eng kulminasion nuqtasi penaltilar seriyasi bilan bog‘liq bo‘ldi. Seriya boshlanishidan avval butun stadion Eldor, Eldor deb sizni qo‘lladi. Qo‘qruv yo‘qmidi, nimalarni ichingizdan o‘tkazdingiz?

— To‘g‘risini aytsam, qo‘shimcha vaqtlarning ikkinchi taymi boshlanayotganda penaltilar seriyasi bo‘lishini xohladim. Chunki biz bunga ham 100 foiz tayyor edik. Futbolchilarini yaxshi o‘rganib chiqqandim. Ko‘pi yoshroq o‘yinchilar bo‘lgani uchun psixologik jihatdan bosim o‘tkazsa o‘zlarini yo‘qotishini bilardim. Shuning uchun har bir o‘yinchiga psixologik tomondan ritmdan chiqaradigan so‘zlarni gapirdim. Nima deganim sir. Zarba yo‘nalishlarini topaverganimdan raqib o‘yinchilari ham hayajonlanishni boshladilar.

— O‘yin paytida ham 2-3 ta vaziyatda jamoani gollardan saqlab qoldingiz. O‘sha vaziyatlarda o‘zingizga bo‘lgan ishonch qanchalik ortdi?

— Hayajon bo‘ladi. Lekin hammasi Allohdan. Seyvlarga unchalik ahamiyat bermadim. Agar Alloh bizni g‘alaba bilan taqdirlamaganida seyflar nolga teng bo‘lib qolardi. Shu bois maksimal darajada oxirigacha muvozanatni saqlashga harakat qildim. Lekin 60-daqiqadan so‘ng ikkala oyog‘imni tomirlari tortishib qolib o‘yin oxirigacha qo‘yib yubormadi. Ammo raqib futbolchilariga bilintirmaslikka harakat qildim. Lekin ancha qiynaldim. O‘zimda qo‘shimcha kuch topdim. Zaxiraga olishlarini so‘rashim mumkin emasdi. Chunki maydonda oxirgi nafasimgacha, oyog‘im uzilib ketsa ham o‘ynashim kerak edi. Xudoga shukr, menga qo‘shimcha kuch-quvvat berdi. Finalga chiqdik. Ishonchimiz yanada ortdi. Oldingi ishonchimizni qaytarib oldik. Muxlislarni oldida ham yuzimiz yorug‘ bo‘ldi. Bu yog‘iga chempionatda ham, finalda ham g‘alabalar bilan ishqibozlarni quvontirishga harakat qilamiz.

— Finalda «Navbahor» raqib bo‘ldi. Qaysi jamoani xohlagandingiz?

— Farqi yo‘q. Yarim finalda ham bizga raqibni farqi yo‘q edi. Finalda ham umuman raqib tanlamaysiz. «Navbahor»ga qarshi vodiy derbisi va bu o‘yin vodiyda bo‘ladi. Derbiga boshqacha tayyorgarlik bo‘ladi. Muxlislar nazari tomonidan yutqazishga haqqimiz yo‘q va Xudo xohlasa, Kubokni ko‘taramiz. Nasib qilsa yaxshi natija ko‘rsatamiz.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 14:27, 01.09.2024.
O'qildi: 1707 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.