Kamerun terma jamoasi hujumchisi Kristian Bassogog Saudiya Arabistonining “Al-Ohdud” jamoasiga o‘tdi.
28 yoshli futbolchi so‘nggi bor Turkiyaning “Ankaraguju” jamoasida, 2017-2023 yillarda esa “Xenan” va “Shanxay Shenxua” klublarida Xitoy chempionatida to‘p tepgan.
2016 yildan buyon futbolchi Kamerun terma jamoasida to‘p tepmoqda – 44 ta o‘yin va 7 ta gol.
2017-yilda jamoa bilan Afrika kubogini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2021-yilda turnirda 3-o‘rinni egalladi.