Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK 1-0 Xorazm
04/09 00:00 Real Sosyedad 0-0 Selta
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon
05/09 00:00 Betis - Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich - Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl - Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 - Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona - Mash’al
05/09 19:00 Brentford - Sanderlend
05/09 19:00 Brayton - Lids
05/09 19:00 Fulhem - Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti - Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest - Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao - Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum - Buxoro
05/09 21:30 Rayo Valyekano - Rasing
05/09 21:30 Xall Siti - Aston Villa
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo

Olimpiadada selfi tushgan Shimoliy koreyalik sportchilar jazolanishi mumkin

Olimpiadada selfi tushgan Shimoliy koreyalik sportchilar jazolanishi mumkin

Baho:
+ | -

Shimoliy koreyalik stol tennischilari 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlarida selfiga tushgani uchun rasmiylar tomonidan jazolanish tahdidi ostida qolmoqda.

Manbaga ko‘ra, gap Ri Jong Sik va Kim Kim Yen juftligi haqida ketmoqda. Partiya rasmiylari ularni KXDR birinchi raqamli dushman deb bilgan Janubiy Koreya vakillari bilan suratda tabassum qilgani uchun qoraladi.

Qayd etilishicha, Parij Olimpiadasida ishtirok etuvchi barcha sportchilar uch bosqichli mafkuraviy tekshiruvdan o‘tadi. Ushbu tekshiruv 15 avgust kuni sportchilar uyga qaytganidan so‘ng boshlangan va bir oy davom etadi.

Shimoliy koreyalik sportchilarga Parij Olimpiadasi ketishdan oldin chet ellik sportchilar, jumladan, Janubiy koreyalik sportchilar bilan gaplashmaslik tayinlangan. Natijada ushbu taqiqni buzgan sportchilar jazolanishi mumkin. Avvalgi yillarda ushbu qoidani buzgan sportchilar bir necha oylik haq to‘lanmagan mehnatga mahkum qilingan.

Ma’lumot uchun, 31 iyul kuni 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlarining stol tennisi sport turi bo‘yicha sovrindorlar KXDR, Janubiy Koreya va Xitoy sportchilari shohsupada jamoaviy selfi qilishgan edi. Ushbu davlat vakillari aralash juftlik bahslarida medallarni qo‘lga kiritgan edi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:46, 02.09.2024.
O'qildi: 973 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик