Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK 1-0 Xorazm
04/09 00:00 Real Sosyedad 0-0 Selta
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon
05/09 00:00 Betis - Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich - Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl - Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 - Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona - Mash’al
05/09 19:00 Brentford - Sanderlend
05/09 19:00 Brayton - Lids
05/09 19:00 Fulhem - Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti - Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest - Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao - Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum - Buxoro
05/09 21:30 Rayo Valyekano - Rasing
05/09 21:30 Xall Siti - Aston Villa
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo

Osiyo chempionatida birinchi o‘rinni egallagan dzyudochilarimiz yurtimizga qaytdi

Osiyo chempionatida birinchi o‘rinni egallagan dzyudochilarimiz yurtimizga qaytdi

Baho:
+ | -

Koreya Respublikasining Mungyong shahri mezbonlik qilgan dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli qatnashgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ham yurtimizga qaytib keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida delegasiyamizni O‘zbekiston dzyudo federasiyasi raisi o‘rinbosarlari Zafar Qahramonov, Atabek Ismailov, terma jamoalar menejeri Eldor Qahhorov va boshqa mutasaddilar kutib olishdi.

Ikki kunlik bellashuvlar yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 7 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza, jami 13 ta medal bilan 17 davlat orasida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. Ikki kun davomida Koreya zaminida 7 bor davlatimiz madhiyasi yangrab, milliy g‘ururimiz hisoblangan bayrog‘imiz baland ko‘tarildi.

Osiyo chempionatida shohsupaga ko‘tarilgan dzyudochilarimiz:

Oltin medal sohiblari

-48 kg: Laziza Haydarova
-60 kg: Murodil Murodillayev
-66 kg: Zamohshari Bekmurodov
-70 kg: Barchinoy Qodirova
-78 kg: Shirinjon Yo‘ldosheva
-90 kg: Shahzodxo‘ja Sharipov
-100 kg: Muhammadsodiq Sodiqov

Kumush medal sovrindorlari

-66 kg: Dilshodbek Hamroyev
-73 kg: Hojiakbar Toshev
+100 kg: Fazliddin Rafikov

Bronza medal sovrindorlari

-52 kg: Muhayyo Ahmatova
-57 kg: Despina Bochkova
-81 kg: Mardon Ravshanov.

Kiritildi: 09:03, 03.09.2024.
O'qildi: 692 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик